"Arsenal", "Borussiya" Dortmund va "Marsel" Benatia uchun kurash boshladi

  • 3 iyun, 2018, 15:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Marokash terma jamoasi va Turinning “Yuventus” klubi himoyachisi Mexdi Benatia “Arsenal”, “Borussiya” Dortmund va “Marsel” kabi jamoalarning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

La Gazetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli futbolchi o‘z kelajagi borasida JCh-2018dan so‘ng ma’lum qiladi. O‘z navbatida turinliklar Benatianing o‘rniga Diego Godin, Xose Ximenes va Matteys de Ligt kabi futbolchilarni olib kelishni rejalashtirishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Yuventus” Benatiani jamoa bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bilan kelisha olmayotgani sabab sotib yuborishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!