“Arsenal” 11 yilda ilk bor qatorasiga 10 ta o‘yinda zafar quchdi

  • 23 oktabr, 2018, 06:07
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya chempionati 9-turida Londonning “Arsenal” jamoasi o‘z maydonida “Lester Siti” futbolchilarini qabul qilib, 3:1 hisobida zafar quchdi.

Mazkur g‘alaba “to‘pchilar” uchun qatorasiga 10-si bo‘ldi. So‘nggi marta “Arsenal” 2007 yili bunday natijani qayd etgandi. O‘shanda jamoa ketma-ket 12 o‘yinda muvaffaqiyatga erishgan.

“Arsenal”ning 10 o‘yinda iborat g‘alabali seriyasi APLning 7, Evropa Ligasining 2 va Angliya liga Kubogining 1 o‘yinidan tashkil topdi.

Ayni vaqtda “Arsenal” APL 9-turidan keyin 21 ochko bilan turnir jadvalining 4-pog‘onasida bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!