"Arsenal" O‘zilga munosib o‘rinbosar topdi

  • 16 fevral, 2019, 19:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi mavsum yakunlangach jamoadan ketishi mumkin bo‘lgan yarim himoyachi Mesut O‘zilga munosib o‘rinbosar qidirishni boshlab yubordi.

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “kanonirlar” bu joyga “Bayer” xavbeki Kay Xavertsni olib kelishmoqchi. Qayd etish lozimki, unga shuningdek "Real" va "Barselona"dan ham qiziqishlar mavjud.

O‘z navbatida “dorishunoslar” 19 yoshli germaniyalik futbolchini 65 mln evroga baholashmoqda.

Ma’lumot uchun, Xaverts “Bayer” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum leverkuzenliklar safida jami 28ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 11ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Лео Месси
16/02/2019 19:31
Германиялик ўрнига бошқа бир германиялик келарканда