
"Arsenal" Uelbek bilan shartnomani uzaytirmaydi
Londonning "Arsenal" klubi forvardi Denni Uelbek mavsum yakunlangach jamoadan ketadi. Bu haqda The Times nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “kanonirlar” 28 yoshli angliyalik futbolchi bilan joriy yozda nihoyasiga etadigan shartnomani uzaytirmoqchi emas.
Eslatib o‘tamiz, Uelbek Evropa ligasi doirasida “Sporting”ga qarshi o‘yinda jiddiy jarohat olgan va uzoq muddatga safdan chiqqan edi.
Ma’lumot uchun, “Arsenal” Uelbekni 2014 yil “Manchester Yunayted”dan 20 mln evro evaziga sotib olgan edi.
Fikrlar