"Arsenal" endi boshqa bir Dembelega qiziqib qoldi

  • 25.08.2018 12:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Shotlandiyaning "Seltik" klubi hujumchisi Mussa Dembele faoliyatini "Arsenal"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda La Provence nashri xabar tarqatmoqda.

Aytish lozimki, “kanonirlar” “Barselona”dan Usmon Dembeleni sotib olisholmagach, aynan shotland klubidagi 22 yoshli Dembelega qiziqib qolishgan. Uning uchun shuningdek “Marsel” ham jiddiy kurash olib bormoqda.

Ma’lumot uchun, Dembele joriy mavsum “Seltik” safida jami 5ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 3ta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!