"Arsenal" ham Under uchun kurashga qo‘shildi
Londonning "Arsenal" klubi "Roma" hujumchisi Jengiz Underga jiddiy qiziqib qoldi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “kanonirlar” 21 yoshli turkiyalik futbolchini yozgi transferlar davrida sotib olishmoqchi va buning uchun “bo‘rilar”ga 30 mln evro to‘lashga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Underga Myunxenning “Bavariya” klubidan ham qiziqishlar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Under “Roma” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum jami 25ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar