Asensio "Real" etakchisi bo‘lmoqchi
Madridning "Real" klubi vingeri Marko Asensio jamoa uchun muhim futbolchi bo‘lish istagida ekanligini aytdi.
“Real” ramziga aylanishga tayyormanmi? Nega endi yo‘q. Madridda etakchi bo‘lish orzuim borligini hech qachon yashirmaganman. Hozir menda bu imkoniyat paydo bo‘lishi bilan undan foydalanishim kerak”, - deydi Asensio.
Ma’lumot uchun, Asensio joriy mavsum “Real” safida jami 17ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar