Asensio deyarli bir yillik tanaffusdan so‘ng yana "Santyago Bernabeu"da gol urdi
Madridning "Real" klubi vingeri Marko Asensio kecha La Liganing 5-turi doirasida o‘tkazilgan "Espanol"ga (1:0) qarshi bahsda gol urib jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etdi.
Opta nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ushbu gol 22 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun o‘tgan 2017 yilning noyabridan buyon "Santyago Bernabeu"da kiritgan ilk goli bo‘ldi.
La Ligada ham Asensio anchadan buyon gol ura olmay kelayotgan edi. Uning chempionatdagi so‘nggi goli joriy yilning fevraliga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar