Asensioning qachon safga qaytishi ma’lum bo‘ldi

  • 21 dekabr, 2018, 16:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispan nashrlari “Real” Madrid yarim himoyachisi Marko Asensioning qachon safga qaytishini aniqlashdi.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mushaklaridan jarohatlangan 22 yoshli ispaniyalik futbolchi kamida 3 hafta jamoasiga yordam berolmaydi.

Shu tariqa Asensio ertaga klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida "Al-Ayn"ga qarshi,  La Liganing "Vilyarreal" hamda "Real Sosedad"ga qarshi va shuningdek Ispaniya kubogining "Leganes"ga qarshi bahsini ham o‘tkazib yuboradi.

Ma’lumot uchun, Asensio joriy mavsum “Real” safida jami 25ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!