"Asian Fight-2017". 8 nafar sportchimizning 7 tasi g‘alaba qozondi

CHERY AUTO

Ayni daqiqalarda “Bunyodkor” stadionida "Asian Fight-2017" turniri davom etmoqda. Ayni paytga qadar 8 nafar jangchilarimiz ringga ko‘tarilishdi. Shulardan 7 tasi g‘alaba qozondi.

Tecno

Faqatgina Ulug‘bek umarov afg‘onistonlik raqibiga 20 soniya ichida mag‘lub bo‘ldi.

Hamyurtimiz Ayyubxon Kamolov (66 kg) hindistonlik raqibi Vikash Dahiyani (parterda) taslim etdi.

O‘zbekiston vakili Isroil Rasulov singapurlik Muhammad Xairini parterda taslim etdi.

O‘zbek jangchisi Muhammadali Toshturg‘unov qirg‘izistonlik Bektur Mangiev ustidan ochkolar hisobi bo‘yicha g‘alaba qozondi.

91 kg vazn toifasida hamyurtimiz Hasanxon Baratov rossiyalik Mixail Xoldorkinni 1-raunddayoq nokautga uchratdi.

Super og‘ir vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Jasur Mirzamuhammedov 2-raund avvalida kiprlik raqibi Vartan Aparianni texnik nokaut bilan taslim etdi.

O‘zbek o‘g‘loni Ahliddin Mirzadavlatov qozog‘istonlik raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi.

86 kg vazn toifasida hamyurtimiz Mahmud Muradov Ozarbayjon vakili Ziya Mirzaevni 30 soniyada taslim etdi.

Ushbu shouda 8 nafar sportchimiz ringga chiqishi rejalashtirilgan edi, biroq Tailandda “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasining Bangkok – Toshkent XY532 reysi kechiktirilganligi sababli muay tay bo‘yicha ikki karra jahon Anvar Boynazarov turnirni o‘tkazib yubordi.

Ma’lumot uchun: Mikst silatga ko‘plab kurash usullari qo‘shilgan. BU MMAdan biroz farq qiladi. Shuningdek, parter (yotgan holda urushish - SPORTS.uz) holatida biroz o‘zgarishlar ham bo‘ladi. MMAda yotgan holatda tizza va tirsak zarbalarini berish mumkin. Professional silatda esa kurash usulida harakat qilinadi. Parterda ko‘lqoplar bo‘lgan holda zarba berish mumkin. Umuman olganda bu sportda MMAga nisbatan jarohat olish kamroq. Bellashuvda 10 soniya sportchilar harakat qilmasa, hakam tomonidan ajratiladi va qaytadan jang boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!