Asosiy maqsad – kelajagimiz egalarida sportga mehr uyg‘otish

CHERY AUTO

 

Tecno

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev O‘zbekistonda sportni eng quyi bo‘g‘inlardan boshlab ommalashtirish va rivojlantirishni mamlakatimizdagi yuqori sport tashkilotlari oldiga vazifa qilib belgilab berganlar.

Bu borada Milliy olimpiya qo‘mitasi ham maktabgacha ta’lim muassasalarida sportni targ‘ib qilish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib bormoqda. Bu orqali o‘sib kelayotgan yosh avlodni sportga qiziqtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, kelajakda ularni etuk inson qilib tarbiyalash ustuvor vazifa sifatida belgilab qo‘yilgan.

Shu maqsadda Milliy olimpiya qo‘mitasi maktabgacha ta’lim muassasalarida turli tadbirlar tashkil etib kelmoqda. Jumladan, Mirobod tumani 440-maktabgacha ta’lim muassasida “Kichkintoylar-shirintoylar” ommaviy sport musobaqasaning saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda poytaxtimizdagi 489, 440 va 548-maktabgacha ta’lim muassalari jamoalari ishtirok etishdi.

Eslatib o‘tamiz, saralash bosqichidan o‘tgan tuman jamoasi joriy yilning 24 may kuni Toshkent shahrining sport o‘yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida Toshkent shahar bosqichida ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!