"Atletiko" Braziliya terma jamoasi hujumchisini sotib olmoqchi

  • 14.02.2019 16:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Atletiko" klubi "Everton" hujumkor yarim himoyachisi Risharlisonning  xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Daily Star nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra “matraschilar” allaqachon 21 yoshli braziliyalik futbolchining transferi bo‘yicha “irischilar” bilan muzokaralarni boshlab yuborishgan. Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq “Everton” rahbariyati  Risharlisonning narxini 90 mln evroga baholayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Risharlison joriy mavsum APLda 25ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!