
"Atletiko" himoyachisi yana jarohat oldi
Madridning "Atletiko" klubi himoyachisi Xose Ximenes mashg‘ulotlarning birida jarohat oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 23 yoshli urugvaylik futbolchining chap oyog‘i jiddiy shikastlangan. Hozircha uning qachon safga qaytishi ma’lum qilinmayapti.
Eslatib o‘tamiz, Ximenesning safga qaytganiga endigina bir hafta bo‘lgan edi. U bundan avval mushaklaridan jarohat olib bir oy davolangan edi.
Ma’lumot uchun, Ximenes joriy mavsum “Atletiko” safida jami 11ta o‘yinda maydonga tushib o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar