Australian Open: Serena Uilyams finalda opasini ayamadi yoxud WTA "taxt"iga yana qaytdi (foto)

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Avstraliyaning Melburn shahridagi “Katta dubulg‘a” turnirlaridan biri - Australian Open-2017da ayollar o‘rtasidagi bahslarda g‘olib nomi aniqlandi. Bu yilgi final bahsiga amerikalik opa-singil Vinus va Serena Uilyamslar etib kelishdi.

Ikki soatu sakkiz daqiqa davom etgan bellashuvdi kichik Uilyams 6:4, 6:4 hisoblarida ustun kelib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Australian Open – 2017
Final

Serena Uilyams (AQSh) – Vinus Uilyams (AQSh) - 6:4, 6:4

Australian Open

Shunday qilib, Serena Melburnda sakkizinchi marta g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va “Katta dubulg‘a” musobaqalaridagi 23 sovriniga ega chiqdi va WTA reytingidagi etakchilikni yana o‘ziga qaytarib oldi. Bungacha ushbu reytingni germaniyalik Anjelik Kerber boshqarib kelayotgan edi.

Williams_Serena_and_Vinus

35 yoshli amerikalik tennischi bundan tashqari ushbu turnirlarda g‘olib chiqish bo‘yicha germaniyalik Shteffi Grafni ortda qoldi. Bu boradagi rekordchi Margaret Kort bo‘lib, uning hisobida 24 ta “katta dubulg‘a” turnirlari bosh sovrini bor.

 

 

“Thank you Venus for inspiring me to be the best player that I can be.” Well done @serenawilliams on your 23rd Grand Slam title #AusOpen pic.twitter.com/LPtr9G52B0

— #AusOpen (@AustralianOpen) 28 yanvarya 2017 g.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!