Azar - APLda etakchi

  • 14.09.2018 09:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Chelsi" klubi vingeri Eden Azar WhoScored talqini bo‘yicha premer-liga startidagi eng yaxshi driblyor deb topildi.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 27 yoshli belgiyalik futbolchi APLning dastlabki 4ta turida umumiy hisobda 14ta raqibini aldab o‘ta olgan. U aynan mana shu ko‘rsatgich bo‘yicha hozircha chempionatda etakchilik qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Azar joriy mavsum hozircha APLda jami 4ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!