Azar "Chelsi"ning taklifini rad etdi

  • 16 yanvar, 2019, 22:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi vingeri Eden Azar rahbariyatning shartnomani uzaytirish borasidagi taklifini rad etdi. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.

Tecno

Gap shundaki “aristokratlar” 28 yoshli belgiyalik futbolchini qo‘yib yuborishni istashmayapti va uni tarkibda saqlab qolishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Azarga “Real” jiddiy qiziqish bildirayotgani va “Chelsi” buning uchun madridliklardan 112 mln evro talab qilishayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, “Chelsi” Azarni 2012 yil “Lill”dan 35 mln evro evaziga sotib olgan edi. U joriy mavsum APLda 21ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 10ta gol va 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!