Azar: Jamoa natijalari yomonlashsa, Mourino futbolchilarni tanqid qilishni boshlaydi

  • 13 oktabr, 2018, 17:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” klubi vingeri Eden Azarning so‘zlariga ko‘ra portugaliyalik mutaxassi Joze Mourino agar jamoa natijalari yomonlasha boshlasa, futbolchilarni tanqid qila boshlaydi. Bundan qochishning yagona yo‘li esa g‘alaba qozonishdir.

Tecno

“Qachonki natijalar yomonlasha boshlasa, u futbolchilarni tanqid qilaveradi. Bu haqiqat. Men oxiri uning bu harakteriga o‘rganib qolganman. Agar g‘alaba qozonsangiz, Mourino – eng yaxshi murabbiy. O‘sha payt u sizning do‘stingizga aylanadi, nima xohlasangiz shuni qilasiz. Bir kun dam olishni istaysizmi? U sizga ikki kun beradi”, - deydi belgiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Azar Mourino qo‘l ostida 2013-2015 yillarda to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!