Aziz Turg‘unboev "Navbahor"da qoladimi?

  • 1 dekabr, 2018, 08:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Jamoa bilan mening yana bir yillik shartnomam bor. Albatta, kelasi yili tarkibni, barcha pozitsiyalarni kuchaytirishga harakat qilamiz.  

Tecno

“Lokomotiv” va “Paxtakor” singari kuchli klublarga munosib qarshilik ko‘rsatish uchun tarkibda mahoratli futbolchilar bo‘lishi kerak, xuddi “Lokomotiv”niki singari. Shunda bugungidek noxush mag‘lubiyatlar yuzaga kelmaydi. Mazkur mag‘lubiyatdan kerakli xulosalar chiqaramiz hamda endi bunday tarzda imkoniyatni boy bermaslikka intilamiz.

Tarkibdan mahalliy yoki legioner futbolchining o‘rin olishining menga ahamiyati yo‘q. O‘zbekistonda ham mahoratli futbolchilar ko‘p hamda ular xorij chempionatlarida ham o‘z vatanlari sharafini munosib himoya qilishmoqda. Shuning uchun menga o‘zbekistonlikmi, rossiyalikmi, xitoylikmi, tarkibdan qaysi futbolchining o‘rin olishining farqi yo‘q. Asosiysi, u mahoratli bo‘lsa va bizning talablarimizga javob bersa bo‘ldi. Maqsadimiz kuchli hamda 1 va 2-o‘rinlar uchun kurash olib boradigan jamoa tuzish.

Azizbek Turg‘unboevning jamoamizda qolib, kelasi mavsumda ham to‘p surishi lozimligi borasida klub rahbariyatiga aytganman. Menimcha, Turg‘unboev “Navbahor”da qoladi", - deb rossiyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub rasmiy sayti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!