
Azizbek Lotin Amerikasi chempionini "er tishlatdi"!
Professional boks janglarida muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan Azizbek Abdug‘ofurov (5-0-0, 4 KO) Singapurdagi boks kechasida oltinchi jangini o‘tkazdi.
Professional ringda faqat kuchli raqiblar bilan jang qilib kelayotgan hamyurtimiz bu gal professional boks bo‘yicha Argentina chempioni, WBC va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha Lotin Amerikasi chempioni Martin Fidel Rios (21-11-4, 11 KO) bilan kuch sinashdi.
10 raundlik reyting jangida o‘zbek bokschisi raqibiga nisbatan ancha dadil va shiddatli harakat qildi. Raundlarning barchasini ustunligini namoyon etgan o‘zbekistonlik bokschi hakamlar hisob-kitobiga ko‘ra 98:92, 97:93, 98:92 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa Azizbek Abdug‘ofurov muhim jangda zafar quchdi.
Fikrlar