Azmun Osiyo kubogi yakunlangach Eronga qaytmoqchi
Qozonning "Rubin" klubi forvardi Sardor Azmun o‘zining kelajagi borasida kutilmagan qarorga keldi.
Tasnim News tarqatgan xabarga ko‘ra 24 yoshli futbolchi Osiyo kubogidan so‘ng o‘z vataniga qaytib "Traktor Sozi"da to‘p surmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Azmunga Angliya, Italiya va Germaniyadan takliflar bo‘lganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Sardor Azmunning taxminiy transfer bahosi 9,5 mln evroni tashkil etadi.



Fikrlar