Baku Golden Grand Prix: Feruz To‘xtaev finalda (video)
Xabaringiz bor, Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida sport kurashlari bo‘yicha Oltin Gran-Pri turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu nufuzli turnirda erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakilari ham ishtirok etmoqda.
Xususan, bellashuvlarning 59 kg vazn toifasida Feruz To‘xtaev final yullanmasiga ega chiqdi. U final chiptasi uchun rossiyalik Mingiyan Semenovga qarshi gilamga chiqib galaba kozondi.
Quyida final ostonasida turgan sportchimizning yarim final bosqichidagi bahsini tomosha qilishingiz mumkin.

Fikrlar