"Barselona" Rabo bilan kelishuvga erishdi
“Barselona” klubi PSJ yarim himoyachisi Adrien Rabo bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan, deya xabar beradi Italiya OAV.
Shunday qilib, yozda erkin agentga aylanadigan futbolchi da’vogarlar qatorida e’tirof etilgan na “Liverpul” va na “Tottenxem”ga o‘tadi. Kataloniyaliklar bilan kelishuvga ko‘ra, Rabo bir mavsumda 10 mln evro ishlab olishi mumkin.
Qiziq tomoni shundaki, bir necha kun oldin “Barselona” Rabo bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishuvga erishganligini inkor qilgan edi.
Fikrlar