
"Barselona" himoyani kuchaytirish haqida o‘ylamoqda
Barselona» klubi qishki transfer darchasida himoya markazini kuchaytirishi mumkin bo‘lgan futbolchi nomzodi bo‘yicha bir qarorga keldi.
El Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, yanvarda «ko‘k-anorranglilar» Amsterdamning «Ayaks» klubi himoyachisi Matteys de Ligt transferini amalga oshirishga harakat qilib ko‘radi.
«Barsa»ning tanlovi 18 yoshli futbolchiga tushishiga bir qancha sabablar bor - uning arzon transfer narxi, yoshi, maydondagi xislatlari va Chempionlar ligasi ro‘yxatiga kiritilmagani.
Fikrlar