“Barselona” hujumchisi APLga ko‘chib o‘tishi mumkin
Angliyaning "Lester" klubi "Barselona" forvardi Pako Alkaserni sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sport.es nashri xabar tarqatdi.
Unga ko‘ra “tulkilar” 24 yoshli futbolchini joriy yozgi transferlar davridayoq qo‘lga kiritishmoqchi. Aytish lozimki, ushbu transfer ingliz klubiga kamida 30 mln evroga tushishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Pako o‘tgan mavsum “Barselona” safida jami 24ta o‘yinda maydonga tushgan va raqiblari darvozasiga 7ta gol urishga erishgan.

Fikrlar