
“Barselona” prezidenti Grizmanning oilasi bilan uchrashdi
Kataloniyaning «Barselona» klubi “Atletiko”dan Antuan Grizmanni yozda jamoaga olib kelish yo‘llarini izlamoqda. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Barselona” prezidenti Jozep Bartomeuning shaxsan o‘zi Grizmanning oilasi bilan uchrashdi. Uchrashuv Barselonadagi restoranlarning birida o‘tdi. Futbolchining yonida Frantsiyada Antuanning ishlari bilan shug‘ullanuvchi ota-onasi va singlisi ishtirok etishdi.
Avvalroq, futbolchining “Barselona” klubi kelishuvga erishgani borasida xabarlar tarqalgandi. Uning transfer narxi 100 million evro va o‘yinchi rekord darajada sotiladi.
Fikrlar