"Barselona" prezidenti: Neymar jamoamizga qaytmaydi
Bartomeu l Matí de Catalunya Ràdio'ga bergan intervyusida bu boradagi xabarlarni rad etdi.
"Neymar "Barselona"ga qaytmaydi. Hech qanday qo‘ng‘iroq ham, uchrashuv ham bo‘lmadi. Biz bu borada aloqaga chiqmadik", - dedi Bartomeu.
Ilgiriroq OAVda Neymarning PSJdan ketib, "Barselona"ga qaytishi borasida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar