"Barselona" qishda yangi hujumchi sotib olmoqchi

  • 8 oktabr, 2018, 14:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning “Barselona” klubi qishki transferlar davrida yangi hujumchi sotib olishi mumkinligini inkor etmayapti. Bu haqda Football Espana nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” 31 yoshli urugvaylik futbolchining biroz yoshi o‘tib qolgani sabab o‘zining avvalgi sport formasiga qayta olmasligidan xavfsirashmoqda. Shu bois rahbariyat davralar oralig‘ida jamoaga yangi to‘purar olib kelish haqida o‘ylay boshlagan.

Xabarlarga qaraganda “Barselona” skautlari “Jenoa” forvardi Kshishtof Pentekni ko‘z ostilariga olib qo‘yishgan. Ta’kidlash kerakki, polshalik futbolchi A Seriyaning o‘tgan 8ta turida raqiblari darvozasini 13 marta ishg‘ol etishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!