"Barselona" tarbiyalanuvchisining "Real"ga o‘tishi aytilmoqda

  • 27.08.2018 12:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Bavariya” yarim himoyachisi Tyago Alkantara faoliyatini Madridning “Real” klubida davom ettirishi mumkin.

Don Balon nashrining xabar berishicha 27 yoshli ispaniyalik futbolchi yozgi transferlar derazasi yopilgunicha “qirollik klubi”ga ko‘chib o‘tishiga umid qilmoqda. Aytish lozimki, Alkantaraning xizmatlariga shaxsan jamoa ustozi Xulen Lopetegi jiddiy qiziqish bildira boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, Alkantara asli “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “Bavariya” safiga 2013 yil aynan “ko‘k-anor ranglilar” tarkibidan borib qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!