"Barselona" vakillari AQShda Pogba bilan yashirincha uchrashishdi
“Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Pol Pogba mavsumlar oralig‘ida “Barselona” a’zosiga aylanishi mumkin.
Ta’kidlash kerakki, 25 yoshli frantsiyalik futbolchi MYuda Joze Mourino qo‘l ostida o‘ynashni istamayapti va tezroq boshqa jamoaga o‘tishni rejalashtirmoqda. Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “Barselona” Pogba uchun asosiy da’vogar hisoblanmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda kataloniyaliklar sport direktori Erik Abidal AQShda futbolchi bilan uchrashgan va bu uchrashuv to‘liq sir saqlanmoqda.
Ma’lumot uchun, Pogba o‘tgan mavsum MYu safida jami 37ta uchrashuvda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 12ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar