
"Barselona"ning 2 nafar futbolchisi "Everton"da tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda
“Barselona” klubi himoyachisi Yerri Mina hamda yarim himoyachisi Andre Gomeshlar “Everton”ga ko‘chib o‘tishga juda yaqin turishibdi.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra har ikkala futbolchi ham ayni damda yangi jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishmoqda. Yaqin soatlar ichida esa transfer rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.
Unga ko‘ra mersisaydliklar Minani taxminan 30-35 mln evro evaziga sotib olishsa, Gomeshni 1 yilga ijaraga olishadi.
Eslatib o‘tamiz, “Everton” bundan avvalroq “Barselona”dan 20 mln evro evaziga frantsiyalik himoyachi Lyuka Dinni xarid qilgan edi.
Fikrlar