"Barselona"ning logotipi o‘zgarmaydi
"Bu narsa kun muammosidan olib tashlandi. Ehtimol biz bu borada qaror qabul qilish uchun referendum o‘tkazishimiz kerak bo‘lar", - dedi klub prezidenti Xosep Mariya Bartomeu.
Klub a’zolarining aksariyati jamoa logotipi o‘zgarishiga qarshi chiqishgani aytilmoqda.
Yangi logotip hozirgisiga nisbatan "yorqin, uyg‘un va bir xil" ekanligi aytilgan. Yangi logotipda qora ichki konturlar, FCB yozuvi olib tashlangan. Logotipning qolgan elementlari, jumladan ko‘k-anor rangidagi chiziqlar soni ham 7 tadan 5 taga kamaytirilgan. Markazdagi to‘pning shrifti ham ancha kattalashishi aytilgan edi.

Fikrlar