
Batshuayi "Milan"ga o‘tishi mumkin
Londonning “Chelsi” klubi hujumchisi Mishi Batshuayi mavsumni “Milan”da davom ettirishi mumkin.
Unga ko‘ra “rossonerilar” hujumchisi Gonsalo Iguainning “Chelsi”ga o‘tishi tobora oydinlashib bormoqda. Shu bois milanliklar uning o‘rniga munosib o‘rinbosar qidirishni boshlab yuborishgan. Bu borada ular “Jenoa” forvardi Kshishtof Pentekni ko‘z ostilariga olib qo‘yishgan. Biroq, agar polshalik futbolchining transferi barbod bo‘ladigan bo‘lsa, “Milan” aynan Batshuayi nomzodiga to‘xtaladi.
Eslatib o‘tamiz, belgiyalik futbolchi mavsumni “Valensiya”da boshlagan edi. Biroq, bir yilga ijaraga olgan “ko‘rshapalaklar” uni kutilmaganda muddatidan Londonga jo‘natib yuborishdi.
Fikrlar