“Bavariya” – “Real” hamda “Atletiko” – “Lester” bahslarini boshqarib boradigan hakamlar aniqlandi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi


11-12 aprel kunlari “ko‘hna qit’a” bo‘lmish Evropada chempionlar ligasi musobaqasining chorak final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

UEFA rasmiy sayti mazkur uchrashuvlarni boshqarib boradigan hakamlarga aniqlik kiritib bo‘ldi. Biroz avval 11aprel kuni o‘tkaziladigan “Yuventus” – “Barselona”, “Borussiya D” – “Monako” bahslari hakamlari bilan tanishtirgan edik.

12 aprel kuni esa Myunxenning “Bavariya” hamda Madridning “Real” klublari o‘rtasidagi bahsni Nikola Ritstsoli boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib borsa, “Atletiko” – “Lester” uchrashuvi shvetsiyalik Yunas Eriksson brigadasiga ishonib topshirildi.

Har ikki uchrashuv 12 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 23:45da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!