"Bavariya" Xamesni sotib olishdan bosh tortdi
Myunxenning “Bavariya” klubi “Real”dan Xames Rodrigesning transfer huquqini sotib olishni rad etdi.
Daily Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra nemis grandi 27 yoshli kolumbiyalik futbolchi uchun “qirollik klubi”ga 40 mln evro to‘lashni itamagan. Aytish lozimki, Xamesga ayni damda APL va A Seriya grandlaridan qiziqishlar mavjud. Shu bois u faoliyatini katta ehtimol bilan aynan Angliyada davom ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, Bundan avvalroq “Bavariya” Xamesning transferini to‘liq sotib olib, uni “Yuventus” forvardi Paulo Dibalaga almashtirmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.



Fikrlar