Bekzod Abdurahmonov to‘rt yil oldingi natijasini takrorladi
Osiyo o‘yinlarining dastlabki kungi bellashuvlari davom etmoqda.
Dastlabki kungi bahslarda erkin kurash bo‘yicha 74 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Bekzod Abdurahmonov Osiyo o‘yinlarining finalda qozog‘istonlik Daniyar Kaisanovga qarshi gilamga ko‘tarildi.
Qiziqarli kechgan bahs vakilimizning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Hamyurtimizning ushbu medali delagatsiyamiz hisobiga yozilgan dastlabki oltin medal hisoblanadi.
Qiziqarli tomoni, bundan 4 yil muqaddam hamyurtimiz Incheonda o‘tkazilgan 17-Osiyo o‘yinlarida 70 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etib, final bosqichida Janubiy Koreya vakili O Manhoni mag‘lub etgandi va o‘shanda ham delegatsiyamiz hisobiga dastlabki oltinni qo‘shib qo‘ygandi.
Fikrlar