Benites "Nyukasl"ga qanday shart qo‘ydi?

  • 22.01.2019 19:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Nyukasl" klubi bosh murabbiyi Rafael Benites joriy mavsum yakunlangach jamoadan ketmoqchi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra agar “qarg‘alar” rahbariyati joriy qishki transferlar davrida ispaniyalik mutaxassisga va’da qilgan futbolchilarni sotib olib bermasa, iste’foga chiqadi. Qayd etish lozimki, Benitesning klub bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi va u yuqoridagi masala bajarilmasa, ushbu kelishuvni uzaytirmaydi.

Ma’lumot uchun, Benites “Nyukasl”ni 2016 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Ushbu jamoa ayni damda APLning 23ta turi yakunlariga ko‘ra 17-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!