Bilasizmi? 2018 yilda "Yuventus" hammadan ko‘p ochko to‘pladi
Yana bir necha daqiqalardan so‘ng 2018 yil ham o‘z nihoyasiga etadi.
Opta Sports statistik portali tarqatgan xabarga ko‘ra yakunlanayotgan yilda Evropa kuchli beshlik chempionatlarida eng ko‘p ochkoni “Yuventus” jamg‘argan. Turinliklar 2018 yilda jami 101 ochko jamg‘arishgan.
Bu borada keyingi o‘rinlarni PSJ (90), “Manchester Siti” (88) va “Liverpul” (88) jamoalari egallashdi.
Kuchli o‘nlikdan esa “Napoli” (Italiya, 87), “Tottenxem” (Angliya, 85), “Barselona” (Ispaniya, 85), “Bavariya” (Germaniya, 79), “Atletiko” (Ispaniya, 77) va “Real” (Ispaniya, 74) klublari joy olishdi.

Fikrlar