
Bilasizmi? APL klublari 2017 yil agentlar uchun 200 mln funtdan ko‘proq pul to‘lashgan
Ingliz klublari yakunlangan 2017 yilda futbol agentlari uchun 200 mln funtdan ortiq xizmat haqi to‘lashgan. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda.
Aytish lozimki, bu 2016 yilgidan qariyb 20 foizga ko‘proq deganidir. Jamoalar orasida “Liverpul” o‘rtakashlar uchun eng ko‘p pul to‘lagan – 27 mln funt.
Keyingi o‘rinlarda “Chelsi” (25,1 mln), “Manchester Siti” (23,5 mln), “Manchester Yunayted” (18 mln) va “Uotford” (13,4 mln) klublari qayd etildi.
APLning faqatgina besh jamoasi – “Bernli”, “Brayton”, “Xaddersfild” va “Vest Bromvich” agentlar uchun 5 mln funtdan kamroq pul berishgan.
Fikrlar