Bilasizmi? "Inter" 3ta sovrinni qo‘lga kiritgan 2009-10 yilgi mavsumda ham bu qadar yaxshi start olmagan
Milanning “Inter” klubi 2009/10 yil mamlakat chempionligi va kubogi, shuningdek UEFA Chempionlar ligasi zafar quchgan edi.
Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Luchano Spalletti boshchiligidagi “neradzurrilar” joriy mavsum hozircha jami 13ta o‘yin o‘tkazib, shularning 9tasida g‘olib chiqishdi. To‘plar nisbati esa 29-10. E’tiborlisi, bu o‘sha afsonaviy 2009/10 yilgi mavsumdan ham yaxshiroq start hisoblanadi.
Aniqrog‘i, Joze Mourino boshchiligidagi “Inter” o‘sha mavsumda noyabrgacha jami 8ta o‘yinda g‘alaba qozongan.
Eslatib o‘tamiz, “Inter” ayni damda EChLda o‘z guruhida “Barselona”dan so‘ng 2-pog‘onani egallab turibdi. A Seriyada ham ular xuddi shu o‘rinda borishmoqda. “Neradzurrilar” kubok bahslarini dekabrda boshlashadi.
Fikrlar