Bilasizmi? "Nasaf" Superliganing eng intizomli jamoasi
Ularning 361tasida g‘alaba, 125 uchrashuvda durang va yana 164 uchrashuvda mag‘lub bo‘lgan. To‘plar nisbati 1164:724ni tashkil etmoqda.
Bu yilgi milliy chempionatda qarshiliklar jami 32 ta uchrashuv o‘tkazdi. Bularning 16 tasi uy uchrashuvlar bo‘lsa, yana qolgan 16tasi safar uchrashuvlari bo‘ldi. Uchrashuvlarning 11 tasida g‘alaba va yana 11 tasida durang, qolgan 10 uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradi. Bu uchrashuvlarda raqiblari darvozasiga 38 ta to‘p kiritib, o‘z darvozasidan 39 ta to‘p olib chiqishdi. O‘tgan uchrashuvlarda "Nasaf" futbolchilariga 39 marta sariq kartochka va 2 marta qizil kartochka ko‘rsatildi. “Nasaf” jamoasi futbolchilari, bu yilgi Pepsi Superligada eng kam sariq kartochka olgan jamoa bo‘ldi.
Quyida bu yilgi natijalarni uy-safar ko‘rinishida taqdim qildik.

Bu yilgi chempionatda "ajdarlar" tarkibida jami 28 nafar futbolchi maydonga tushdi. Ularning teng yarmi, 14 nafari futbol maktabidan etishib chiqqan futbolchilardir.
Quyida bu yilgi tarkibda futbolchilarning ko‘rsatkichlarini taqdim qilamiz.

Ko‘rib turganingizdek, bu yilgi chempionatda "Nasaf" tarkibida eng ko‘p maydonga tushgan futbolchi bu – Sanjar Quvvatov bo‘ldi.
Eng ko‘p gol urgan futbolchi – Bobir Abduxoliqov – 12ta gol.
Maydonga tushgan eng yosh futbolchilar – Umidjon Ergashev, Islom Kenjaboev, Akmal Mozgovoy, Dilshod Saitov va Xudoyorxon Sagdullaevlar (19 yosh) bo‘lishdi. Bu futbolchilarning barchasi futbol maktabi tarbiyalanuvchilaridir.
Maydonga tushgan eng yoshi katta futbolchi – Jasur Hasanov (35 yosh) bo‘ldi.
Eng ko‘p sariq kartochka olgan futbolchilar– G‘olib G‘aybullaev va Saydullo Rahmatovlar bo‘lishdi (4tadan).
Mavsum davomida futbolchilardan Bobir Abduxoliqov oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Xurshidbek Muxtorov esa eng chiroyli gol muallifi bo‘ldi.
Manba: "FK Nasaf"
Fikrlar