Bilasizmi? O‘zbekiston - Yaponiya uchrashuvini boshqaradigan hakam O‘zbekiston kubogi finalida ishlagan (foto)

  • 15 yanvar, 2019, 15:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Uchrashuv Al-Ayn shahridagi "Xalifa bin Zayd" stadionida bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahsni BAAlik hakam Muhammad Abdulla Hasan Muhammad boshqarib boradi.
 
Mazkur referi 2010 yildan buyon FIFA hakami sifatida faoliyat olib boradi. 2015 yilgi qit’a birinchiligida, 2018 yil Rossiya maydonlarida o‘tgan JChda ham ishlagan.
 
Shu vaqtga qadar 40 yoshli Muhammad Abdulla Hassan Muhammad o‘zbek jamoalari ishtirokidagi 6 uchrashuvda ishlagan. Ularda jamoalarimiz 2 bor g‘alaba qozongan, 1 bor durang o‘ynagan va 3 marta mag‘lub bo‘lgan.
 
Jumladan 2012 yilgi U-16 Osiyo chempionati saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston va Pokiston o‘smirlari o‘rtasidagi bellashuvda ishlagan. O‘shanda jamoamiz 3:0 hisobida raqibdan ustun kelgan.
 
2013 yilgi OChL guruh bosqichida "Bunyodkor" hamda "Sanfrechche Xirosima" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda (0:0) ham aynan BAAlik hakamlar faoliyat yuritishgan edi. 
 
2014 yilgi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida KXDRdan 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lgan o‘yinda ham aynan qahramonimiz hakamlik qilgan.
 
Bundan tashqari Osiyo kubogi-2015 2-turida Xitoy termasi bilan kechgan bahs (1:2), JCh-2018 2-saralash bosqichi doirasida Bahrayn bilan Toshkentda kechgan uchrashuvda  (1:0) ham BAAlik referi faoliyat olib borgan edi.
 
Uning boshqaruvida o‘tgan eng yodda qolarli uchrashuv esa bu JCh-2018 so‘nggi saralash bosqichi doirasida kechgan. Suriyaga qarshi neytral maydonda o‘tgan o‘sha ma’shum o‘yin so‘nggida Muhammad Abdulla Hasan Muhammad termamiz darvozasi tomon penalti belgilagan  yakunda o‘yin suriyaliklar foydasiga hal bo‘lgan edi - 0:1.
 
 
Shuningdek, 2017 yilgi O‘zbekiston kubogi final uchrashuvi ("Lokomotiv" - "Bunyodkor") ham Muhammad Abdulla Hassan Muhammadga ishonib topshirilgan edi. Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida kechgan qarama-qarshilikda "temiryo‘lchilar" Marat Bikmaevning yagona goli evaziga billur sovrin egasiga aylanishgan edi.
muhammad hakam

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!