Bilasizmi? Pol Pogba bugun o‘z akasiga qarshi o‘ynaydi
Xabaringiz bor bugun UEFA Evropa ligasi 1/16 final bosqichi juftliklari o‘zlarining dastlabki uchrashuvlarini o‘tkazishadi.
Musobaqa favoritlaridan biri hisoblangan “Manchester Yunayted” bugun “Old Trafford”da Frantsiyaning “Sent-Eten” klubini qabul qiladi.

Muxlislar shu kuni aka-uka Pogbalarning o‘zaro to‘qnashuviga guvoh bo‘lishlari mumkin. Boisi, “qizil iblislar” safida to‘p surayotgan Pol Pogbaning akasi Florentin Pogba ayni damda “Sent-Eten” klubi sharafini himoya qilmoqda.
Aytish kerakki, ampulasi himoyachi bo‘lgan 26 yoshli Florentin Gvineya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Dunyoning eng qimmat futbolchisining yana bir akasi Matias Pogba ham Gvineya terma jamoasi sharafini himoya qiladi. U ayni damda Rotterdamning “Sparta” klubida o‘ynaydi.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” va “Sent-Eten” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:05da boshlanadi.

Fikrlar