
Bilasizmi? Qosimov oldin ham olimpiya terma jamoasida ishlagan
Qayd etish joiz, 47 yoshli Qosimov 2014 yilda ham aynan shu yosh toifasidagi termamizga ustozlik qilgan.
O‘sha yili Inchxonda o‘tgan Osiyo o‘yinlarida futbol jamoamizni aynan Qosimov maydonga boshlab tushgan. O‘shanda olimpiya termamiz guruh bosqichida Gon Kong bilan durang o‘ynagan (0:0) va Bangladesh (3:0) hamda Afg‘oniston (5:0) olimpiya termasi ustidan g‘alaba qozonib, 1-o‘rin bilan pley-off yo‘llanmasiga ega chiqqan.
Afsuski, o‘shanda vakillarimiz 1/8 finalda Saudiya Arabistoniga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, turnirdagi yurishlarini yakunlashgan edi.
Fikrlar