Boks bo‘yicha Osiyo chempionati. Ikkinchi kunning dastlabki bahslari yakunlandi
Kecha start olgan Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining ikkinchi kun dastlabki janglari o‘z yakuniga etdi.
Uchta vazn toifasida ishtirok etgan 40 nafar bokschi chorak final yo‘llanmasi uchun bahs olib borishdi.
Xususan, 64 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik bokschi Iqboljon Xoldorov Hindiston vakili Ashishga qarshi jang olib bordi.
Murodjon Ahmadaliev raqibini texnik nokautga uchratdi
Uch raund davom etgan bahsda Iqboljon Xoldorov to‘liq ustunlik bilan raqibini mag‘lub etdi.
Shuningdek, 49 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda ringga chiqqan hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov chempionatdagi yurishini g‘alaba bilan boshladi.
Hasanboy Do‘smatov oltin medal tomon ilk qadamni tashladi
Uch raund davom etgan bahsda terma jamoamiz vakili Shri Lankadan tashrif buyurgan Tivanka Pallehani mutloq ustunlik bilan mag‘lub etdi.
SPORTS.uz Axborot Portali muxbirlari Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida qayd etilayotgan natijalarni tezkorlik bilan taqdim etish maqsadida O‘zbekiston Sport Majmuasida ish olib borishmoqda.
SPORTS.uz Axborot Portalidan uzoqlashmang.
Quyida Boks bo‘yicha Osiyo chempionati ikkinchi kunning dastlabki bahslari natijalari qayd etilgan.






Fikrlar