Bokschi qizlarimiz xalqaro turnirda bitta oltin medalni qo‘lga kiritdi

  • 05.12.2017 15:28
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joriy yilning 30 noyabr – 4 dekabr kunlari Almata shahrida boks bo‘yicha 2000-2001 yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy Mengerey Xayrutdinov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada yurtimiz sharafini 4 nafar bokschi – Sitora Shog‘darova (51 kg), Xursandoy Xolmatova (51 kg), Maftuna Fayzullaeva (54 kg) va Mahliyo Rahimova (64 kg)himoya qildi.

Turnir yakunlariga ko‘ra, terma jamoamiz vakilalari 1 oltin medalni qo‘lga kiritishdi. Xursandoy Xolmatova barcha raqibalaridan ustun keldi va finalda mezbonlar vakilasi Anar Kojani mag‘lub qildi. Shuningdek, Sitora Shog‘darova turnirning chorak finaliga qadar etib kelgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!