Boku-2017: Abdulhay oltinga da’vogar

  • 17.05.2017 16:53
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida davom etayotgan Islom Birdamlik o‘yinlarining boks musobaqasida finalchilar aniqlanmoqda.

 

56 kilogramm vazn toifasidagi janglarda ishtirok etayotgan Abdulhay Shorahmatov o‘z g‘alabalari bilan muxlislarni xushnud etmoqda.

Iste’dodli bokschimiz yarim final uchrashuvida mezbonlar vakili Teyfur Aliev bilan kuch sinashdi. Bellashuvda raqibidan har tomonlama ustunligini isbotlagan Abdulhay 5:0 hisobidagi g‘alaba bilan finalga chiqdi.

Hamyurtimiz oltin medal uchun turkmanistonlik Yaqub Meredov bilan raqobatlashadi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!