Boku-2017: Rustam bronza uchun kurashadi
Ozarbayjon poytaxti Boku shahri mezbonlik qilayotgan Islom Birdamlik o‘yinlarining yunon-rum kurashi bo‘yicha bellashuvlari davom etmoqda.
98 kilogramm vazn toifasidagi bellashuvlarda hamyurtimiz Rustam Assakalov bronza medal uchun kurashadigan bo‘ldi. Rustam polvon chorak finalda iroqlik M.Al-Kabiyni mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa-da, final yo‘llanmasi uchun bo‘lgan bellashuvda mezbonlar vakili O.Nurievga imkoniyatni boy berdi.
Endi bronza medal uchun bo‘ladigan bahsda Rustam Assakalov pokistonlik T.Razaga qarshi gilamga chiqadi.

Fikrlar