Boku-2017: Taevondochilarimiz oltin medallarga juda yaqin
Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida o‘tkazilayotgan Islom birdamlik o‘yinlarining 5 kuni dasturidan o‘rin olgan taekvondo bahslari o‘zining hal qiluvchi pallasiga yaqinlashmoqda.
Kunning dastlabki qismida tatamiga ko‘tarilgan hamyurtlarimizdan Nigora Tursunqulova, Svetlana Ospiva shuningdek erkaklar o‘rtasida Maksim Rafalovich va Dmitriy Shokinlar yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Xususan, ayollar o‘rtasidagi -67 kilogramm vazn toifasidagi sportchimiz, Nigora Tursunqulova chorak finalda Osiyo Batulni 43:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, -73 kilogramm vaznda ishtirok etayotgan Svetlana Osipova Mohro‘ Halimovadan 11:4 hisobi bilan ustun keldi.
Shuningdek, erkaklar bahsida 80 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida Nikita Rafalovich qatarlik Ali Alarmiamini 14:5 hisobida taslim etgan bo‘lsa, -87 kilogramm vaznda tatamiga ko‘tarilgan Dmitriy Shokin yarim final oldidan marokashlik Husayn Barozuqqa hech qanday imkoniyat qoldirmadi: 24:4.
Qayd etish joiz, final bosqichi oldidan Nigora Tursunqulova ozarbayjonlik Farida Azizova bilan bahslashsa, Svetlana Osipova eronlik Akram Xudobande to‘sig‘ini engib o‘tishi lozim bo‘ladi.
Shuningdek, erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarda Nikita Rafalovich turkiyalik Yunus Sari bilan bellashsa, Dmitriy Shokin eronlik Husayn Qurbonzodani taslim etishi lozim bo‘ladi.

Fikrlar