
Boltning sportdan ketishi Buffonni ham to‘lqinlantirdi (foto)
Italiya terma jamoasi darvozaboni Janliuji Useyn Boltning faoliyatini yakunlashiga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
– Har qanday tarixning o‘z yakuni bo‘ladi. Ya’ni, boshlanish qanchalar noodatiy bo‘lsa, yakun ham, yodda qolarli bo‘lishi kerak. Tarixning eng tezkor sportchisi, engil atletikaning “chaqmog‘i” ketmoqda. Bu uning butun faoliyati kabi hayratlanarli.
Sen hech qachon yuugurishdan to‘xtamaysan, faqat endi yugurish yo‘lakchasidan tashqarida yugurasan, xolos. “Chaqmoq” yuugurishda davom et. Dunyo esa seni quvlashda davom etadi, – deydi Buffon o‘zining instagramdagi sahifasida.
Ma’lumot o‘rnida, Useyn Bolt faoliyatidagi so‘nggi 100 metrlik bahsda amerikalik Jastin Getlinga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi.
Fikrlar