
“Bornmut” ustozi APLda mart oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi
“Bornmut” jamoasi bosh murabbiyi Eddi Xau Angliya Premer-ligasining mart oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
“Bornmut” futbolchilari mart oyida biror marta ham mag‘lubiyatga uchramadi. Jamoa “Vest Xem” (3:2) va “Suonsi”ni (2:0) mag‘lub etdi.
Bundan tashqari, yosh mutaxassis qo‘li ostidagi futbolchilari “Manchester Yunayted” bilan safarda 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Fikrlar